Tumanimizda “Mehr daftari”ga kiritilgan 30 nafar yigit-qizlarga velosiped, noutbuk va tikuv mashinalari topshirildi.
Shu munosabat bilan tuman hokimligida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi A.Normamatov, tuman Xalq ta’lim bo‘limi mudiri N. Ismatov hamda mas`ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirda tumanda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Rayhon Mengziyayeva