“Mehr daftari”ga kiritilgan 1 nafar yoshga yangi xonadon sovg‘a qilindi

Qumqo‘rg‘on tumanida Muhtaram Prezidentimiz  qaroriga ko‘ra, “Mehr daftari”ga kiritilgan, 21 yoshga to‘lgan yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan “Jiydali ” mahallasida istiqomat qilgan 1 nafar yoshga Bozorov Sunnatillaga  ikki xonali  yangi xonadon berildi.

Kuni kecha yangi xonadonni o‘z egasisiga topshirish tadbiri o‘tkazildi.  Mazkur xonadon kaliti va hujjatlari egasiga  tuman hokimi Anvar Normamatov  tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Ta’kidlanishicha, tuman hokimligining Bolalarni himoya qilish shu’basi tomonidan shakllantirilgan “Mehr daftari” ro‘yxatida turgan bolalarning muammolarini o‘rganish maqsadida ular yashayotgan xonadonlarga muntazam ravishda borilib, holidan xabar olib turiladi.