TIBBIYOT XODIMLARINING YUTUG‘I

Odamlar yashil tabiat bilan uyg‘un yashaydi. Daraxtlar toza havo ishlab chiqaradi. Odamlarning sog‘lom yashashi uchun kerakli ekologik toza havodan nafas olishini ta`minlaydi. “Yashil makon” umummilliy loyihaning amalga oshirilayotgani tumandoshlarimiz uchun zarur tadbir bo‘ldi. Uyushqoqlik bilan tashkil etilgan obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in tashkilotchilik asosida o‘tkazilayapti.

Qumqurg‘on tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari berilgan topshiriqlarni to‘liq bajardi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining 9110 dona ko‘chat ekish rejasi amalga oshirildi. 28 ta tibbiyot muassasasida manzarali, mevali ko‘chatlar, butalar va qalamchalar ekildi. Ayniqsa, Qumqurg‘on MRSH, Qarsoqli, Munchoqtepa, Taqto‘g‘ay, Yangi hayot oilaviy poliklinikalari, Gultepa, Ornali, Navbahor, Oboqli, Ketmon, Boymoqli, Ko‘ganli oilaviy poliklinika filiallari, Oqqapchig‘ay, Sayxon, Xo‘jamulki oilaviy shifoxona poliklinikalari rejasini ortig‘i bilan bajardi.

Yangiyer mahallasidagi 101-oilviy poliklinikasida katta ko‘lamdagi ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Keng maydonga manzarali ko‘chatlar, qalamchalar, rang-barang gullar ekildi. Tibbiyot muassasasi hovlisi go‘zal ko‘rinishga keltirilganligi quvonarli. Yaqinda yangi qurilib ishga tushirilishi kutiliayotgan ikki qavatli zamonaviy binoda 100 qatnovga mo‘ljallangan poliklinika, 10 o‘rinli bolalar bo‘limi, 10 o‘rinli tug‘uruqxona faoliyat ko‘rsatadi. Hozir xonalar jihozlanayapti.

                                                                                           N. MUHAMMADIYEV