Maktab yillarimiz o‘tdi birma-bir,
O‘tdi kun fasllar, o‘tdi kun-oylar,
Bugun sog‘inchdan otadi tonglar
Tongdan sog‘inaman seni sinfdosh.
Hayot yo‘llarida turli sohalarda o‘z faoliyatini davom ettirgan sinfdoshlar bugun diydorlashishdi.1972 yilda tumanimizdagi 23-maktabni tamomlagan bitiruvchilar 50 yillik yubiley tantanalarini nishonlashdi.Maktab partasida o‘tkazgan bolalikning yorqin xotiralarini yodga olishdi. O‘quvchilik yillaridagi sho‘xliklarini eslashdi. Matematika fanidan saboq bergan, 80 yoshni qarshi olgan ustoz pedagog M.Avazov, U.Mamashov ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Q.Normurodov rus tili fani o‘qituvchilari sobiq o‘quvchilarining yubiley tadbirida ishtirok etishdi. Sinfdoshlar o‘rtasidagi ahillik, mehr-muhabbat barchamizga o‘rnak bo‘lishga arziydi. Yaxshi kunlarda diydorlashish barchamizga nasib aylasin.
Ergash Rahmonov