SESSIYA BO‘LIB O‘TDI

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 6-chaqiriq 56-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman tashkilotlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashi raisi Anvar Normamatov  boshqarib bordi.

Sessiya kun tartibiga muvofiq, dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 avgustdagi  «Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ- 5233- son qarori asosida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida tuman hokimining o‘rinbosari  Ch.Shoymurotovning axboroti  tinglandi.

Shuningdek, «2022 yil Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» davlat dasturining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari N.Allanazarovning  ma`ruzasi eshitildi.

Tumanda chorvachilikni rivojlantirish uchun klasterlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda  «Chorva qishlovi»ga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Hoshimovning hisoboti eshitildi.

Sessiyada kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.