XALQ MANFAATI YO‘LIDA

Tumani hokimi A.Normamatov haftaning har chorshanba kuni Xalq qabulxonasida  fuqarolar uchun qabul o`tkazadi. Kuni kecha o`tkazilgan   sayyor qabulda  tuman hokimining o`rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi xalq qabulxonasi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdilar.

 Yuzma-yuz muloqotda tuman  hokimi A.Normamatov fuqarolar murojaatlarini birma-bir tinglab, ular qo‘ygan masalalarning tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Qayd etilgan 53 ta murojaatning (uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank, huquqni muhofaza qilish idoralari, sog‘liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi va boshqa masalalarga oid) aksariyat murojaatlar  joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Vaqt talab qiladigan murojaatlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

Hududlarda o‘tkazilayotgan bunday sayyor qabullar aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash va tezkor choralar ko‘rish, ularni bevosita joyida bartaraf etishga xizmat qiladi.

O‘z muxbirimiz