parlament e’tiborida
Tumandagi maktablarda olib borilayotgan ta’lim va tarbiya jarayoni bilan Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati A. To‘laboyev, tuman Kengashi deputati Q. Chorshanbiyev bilan yaqindan tanishishdi. O‘qituvchilar tomonidan elektron jurnallarni yuritish holati va mavjud muammolar o‘rganildi. Shuningdek maktablarda mavjud oshxona-bufetlar faoliyati o‘rganildi. Tumandagi 33- va 70-maktablarda o‘quvchilar yoshlar ovqatlanishi uchun tashkil etilgan oshxonalardagi sharoit ko‘rib chiqildi va muammolarni yechimlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.