8-DEKABR O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun

Hammamizga ma`lumki  mustaqil  O`zbekistonimizning Konstitutsiyasi  1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan va shu kundan e`tiboran 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.  Bosh qomusimiz bu yil 30 yoshga to`ladi.  Konstitutsiya haqida so`z yuritishdan oldin “Konstitutsiya” so`zining mazmuni  haqida so`zlash maqsadga muvofiq deb o`ylayman.  “Konstitutsiya” so`zi lotincha “constitution” – tuzilish, tuzuk degan ma`nolarni anglatadi. Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni . U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularnong vakolati hamda shakllantirish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o`zaro munosabatlarini belgilab beradi. Hozirgi kunda  yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o`zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham oz konstitutsiyasiga ega emas. Milliy ramzlar qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga  bizning mamalakatimiz ham ega ekanligi bizning eng katta baxtimiz. Ulug` ajdodlarimizning asriy, armonlari, erkin xayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug` orzularini o`zida mujassam etgan O`zbekistonimizning Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me`yoriy hujjatlar uchun asos va dasturulamal bo`lib xizmat qilmoqda. Xulosa qilib aytganda, yurtimizda inson huquqlarini himoya qilish bo`yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

                                                                              Sherobod tuman  FHDY

                                                                              bo`limi mudiri  F.M.Shermuxamedova