Ish beruvchi xodimlarga moddiy yordam ko’rsatish tartibi va holatlarini mustaqil belgilaydi
Moddiy yordam berilishi mumkin bo’lgan ayrim holatlar:
Xodimning nikoh qurishi;
Xodim oilasida bola tug’ilishi;
Xodim yoki uning farzandlarini davolash ( masalan, dori-darmonlarni sotib olish, pullik tibbiy xizmatlarni olish va boshqalar);
Xodimning oila a’zosining vafoti (masalan, onasi, otasi, turmush o’rtog’i);
Xodimning nafaqaga chiqishi;
oziq-ovqat ko’rinishidagi yordan va boshqalar.
Qoida tariqasida, moddiy yordam olish uchun asoslar loqal normativ hujjatlarda jamoa kelishuvi yoki jamoa shartnomasida belgilanadi. Unda qanday hujjatlar taqdim etilishi kerakligi, moddiy yordam miqdori, to’lov shartlari va boshqa shartlar ko’rsatiladi.
Jamoa shartnomasida moddiy yordam to’lashning aniq miqdori yoki muayyan holatdan kelib chiqib belgilanishi mumkin.
Agar moddiy yordam ko’rsatish shartlari belgilanmagan bo’lsa, tashkilot rahbari xodimning iltimosiga binoan to’lovlarni mustaqil ravishda hal qilishi mumkin.
Moddiy yordam olish uchun xodim boshli nomiga asoslantirilgan ariza yozishi kerak. Ish beruvchi bu masalani ko’rib chiqadi va ijobiy natija boʻlsa, buyruq chiqaradi.
Abdullayeva Shohista Xasanovna
Qumqo’rg’on tuman adliya bo’limi FHDY bo’limi mudirasi