Ayrim yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan (qayta roʻyxatdan) oʻtkazish, tugatish tartiblari belgilandi

Adliya vazirligi tashabbusi asosida Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 28-sentyabrdagi 542-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan:

– Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;

– Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;

– Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;

– Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;

– Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

– Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tugatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga asosan ikki oy muddatda davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, shu jumladan boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlar oʻzlari haqidagi maʼlumotlarni (nomi, pochta manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va taʼsis hujjatlari) Davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadilar.

Adliya vazirligi endilikda davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari, shu jumladan boshqa davlat organlari huzurida tashkil etiladigan tashkilotlarni yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazib, ularning reestrini yuritib boradi.

Sh.Bo’tayev

Qumqo’rg’on tuman Davlat xizmatlari markazi rahbari