O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-son Qaroriga muvofiq bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironlarni ishga qabul qilganlarga har bir xodim uchun 6 oyda BHMning 1,5 baravarida (450 ming so‘m) subsidiya beriladi.
2024 yil 1 martgacha ish beruvchilarga nogironlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq Davlat budjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
Viloyat adliya boshqarmasi
bo‘limi boshlig‘i I.Mamatqulov