Reklamada milliy va oilaviy an’analarga zid bo‘lgan obrazlardan foydalanish taqiqlanadi

Joriy yilning 7-iyun kuni “Reklama togrisida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.

Qonunga kora reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

maktabgacha ta’limda hamda tarbiyada, umumiy orta, orta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan bosma nashrlarda (darsliklarda, maktab kundaliklarida, maktab daftarlarida va boshqalarda) tovarlarni reklama qilish;

narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida korsatish;

bolalarni ularning sogligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish togrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini korsatmasdan reklama qilish;

milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bolgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish.

Qonunga muvofiq, voyaga yetmaganlarning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste’mol qilishdan himoya etish maqsadida reklamada, jumladan, ota-onalar va tarbiyachilarni obrosizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga bolgan ishonchiga putur yetkazish taqiqlanadi

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy otgach kuchga kiradi.

 

Surxondaryo viloyat adliya

boshqarmasi bosh maslahatchisi                               O.Qurbonov