O’quv seminari o’tkazildi

Fuqarolar yig’ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo’yicha o’rinbosari va mutaxassisining vazifalari, huquq va majburiyatlarining mazmun-mohiyati bo’yicha o’quv seminari bo’lib o’tdi. Ushbu o’quv seminarda hududda xotin-qizlarning oilada va mahalladagi rolini kuchaytirish, ijtimoiy-siyosiy rolini oshirish, yoshlarni milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, xotin-qizlarning ma’naviyatini yuksaltirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar to’g’risida va shu bilan birgalikda mahallalarda ishsiz va ijtimoiy faol bo’lmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish, ularning bandligini ta’minlash, oilaviy va hususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish, yordamga muhtoj bo’lgan va qiyin ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qo’llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish mexanizmlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.