QUMQO‘RG‘ON TUMANI HOKIMINING FARMOYISHI

2021 yil  13 iyul                                           10-8-114-F/21                                           Qumqo‘rg‘on t.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021 yil 10 fevraldagi  61 – son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 30/1-2308-sonli topshirig‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi  61 – son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 30/1-2308-sonli topshirig‘i ma‘lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligiga barcha tizim va sohalarda munosib tayyorgarlik ko‘rilsin.
3. 2021 yil 1 avgustga qadar tumandagi barcha joy, ko‘cha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targ‘ibot vositalari, gazeta va rasmiy ijtimoiy tarmoq kanallari, reklama va e`lonlar hamda tadbirkorlok sub`ektlari va davlat tashkilotlaridagi avto transport vositalaridagi yozuvlar to‘liq “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi”da bo‘lishi ta`minlansin.
4.Tumandagi barcha korxona va tashkilotlar tomonidan ish qog‘ozlari va turli blankalar lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bo`lishi ta`minlansin.
5. Tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning birinchi rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi  61 – son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining 2021 yil 1 iyuldagi 30/1-2308-sonli topshirig‘i ijrosini ta‘minlash bo‘yicha shaxsan mas‘ul hisoblanishi belgilab qo‘yilsin.
6. Mazkur farmoyishning tumandagi korxona va tashkilotlarda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha ishchi guruh tuzilsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (M.Qultaev), tuman Davlat soliq inspektsiyasi (Z.Tursunov) tumandagi barcha tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan o‘rnatilgan tashqi bannerlar va ob’ekt nomlarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini;
8. Tuman Davlat xizmatlari markazi (Sh.Bo‘tayev) ga yangidan tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub‘ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ob‘ekt nomlarini xorij tillarda yozilmasligi, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta‘minlasin.
9. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (N.Jumayeva) va “Qumqo‘rg‘on sadosi” gazetasi bosh muharriri (R. Mengziyayeva) tumanda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tishni ta‘minlash bo‘yicha tuman ishchi guruhi tomonidan olib borilgan ishlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni bosma nashrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish tavsiya etilsin.
10. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Tuman hokimi                     R.Gapparov