Qumqo‘rg‘on tumanidagi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish maqsadida, sportning kurash turi bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Ushbu sport tadbirida Sektor bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 ta vazn toifasida o‘g‘il bolalar va 4 ta vazn toifasida qiz bolalar o‘zaro bellashdilar.
Tadbir so‘ngida g‘oliblar medal, diplom hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlanib, viloyat bosqichiga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar.