Har bir insonning komil shaxs bo‘lib voya­ga yetishida, yetuk kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ustoz-muallimlarning o‘rni juda muhim

Fidoyi, zahmatkash muallim-o‘qituvchilar o‘z shogirdlariga bilim berish barobarida ular qalbiga insonga xos eng go‘zal ezgu xislatlarni, mehr-oqibat va odamiylik tuyg‘ularini singdirib boradi. Turli yo‘nalishlarda o‘z iqtidori, mahorati va bilim salohiyati bilan yuqori natijalarga erishib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimizning muvaf­fa­qi­yatlari zamirida avvalo, aziz ustozlarning zahmatli meh­natlari mujassam.

Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilinganligi mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ming-minglab o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar mehnatining yuksak e’tirofi, ularga bildirilgan hurmat va e’tibor namunasidir.

yosh avlodni ma’nan yetuk, tafakkur olami keng va bilimli insonlar etib tarbiyalayotgan o‘qituvchi-murabbiylar timsolida ertangi kunimizning porloq kelajagini, Vatanimiz taraqqiyoti uchun sidqidildan xizmat qiluvchi o‘g‘il-qizlarimiz baxtini ko‘ramiz. Yuragi g‘ayrat-shijoatga to‘la, yoshlar tarbiyasi yo‘lidagi mas’uliyatli vazifani o‘z zimmalariga olgan ustozlarga minnatdorchilik bildiramiz. Qalbi ezguliklarga yo‘g‘rilgan aziz ustozlar, mehridaryo muallimlar!

Ibrohimov Bekzodman harbiy xizmanchi