Ayol oilaning farishtasi, xonadoning sarishtasi. Erkak ishlab uy-ro‘zg‘orini moddiy ta`minlovchi mehribon, qat`iyatli kishi. Bu ikki insonning samimiyligi, hamjihatligi, bir-birini to‘g‘ri tushunib yashashi oilani boshqarishning kerakli jihatlari ekanligi tajribada ko‘p marta ko‘rilgan. Biroq ayrim ayollarning o‘zimbo‘laychiligi, turmushga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganligi mustaqil hayotda pand berayotganligi ham ma`lum. Erkak esa ishsiz, o‘z kunini zorg‘a ko‘rsa, oilasiga yaxshi manfaat keltirmasa xotini ham qiyin turmush kechiradi. O‘zaro janjallar moddiy etishmovchilik sababli roy beradi. Oqibatda oilaviy ajrim qayd etiladi.
Oilaviy ajrimlarning ko‘payishi ortida inson huquqlarining buzilishi, o‘zaro muomala madaniyatining yo‘qolishi, farzandlarning ota-ona mehriga zor bo‘lishi turibdi. Sog‘lom ayol va erkak turmushi buzilsada boshqa oila quradi. Farzandli ham bo‘ladi, lekin avvalgi oilasida tug‘ilgan bolaning turmush kechirishi qanday bo‘ladi, o‘gay ota-ona unga yetarlicha e`tibor beradimi? Farzandlari qatorida tarbiyalab, moddiy ta`minlaydimi? Kelgusida oliy ta`lim muassasasida o‘qishiga yordamlashadimi? Bu hayotiy savollar ham bor. Unga eng to‘gri javob oilaviy ajrimga yo‘l qo‘ymaslik. Oilaning mustahkam bo‘lishiga erishish. Bunga erishganlar baxtli oila sohiblari bo‘lib, el orasida obro‘-e`tiborga munosib bo‘ladi.
Davronova Yayra luqmon qizi Jarqo’rg’on tumani Fhdy bo’limi ish yurituvchisi