Respublikamizda hamkor tashkilotlar ishtirokida 2024 yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar “Probatsiya oyligi” oʻtkazilmoqda.
Bugun ushbu oylik doirasida Qumqo’rgo’n tumani Ichki ishlar boʻlimi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida roʻyxatda turgan yoshlar bilan tuman hududa joylashgan “Mustahkam Mustaqillik gaz group” MCHJ rahbari O‘.Rajabov bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Xususan, uchrashuvda yoshlar muammolari tinglanib, ularga tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish borasida tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlar bilan hamkorlikda yoshlarning bandligini taʼminlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.