BOQUVCHISI BOʻLMAGAN KOʻP BOLALI OILALAR YER SOLIGʻI TOʻLAMAYDI.

Ota va onadan biri yoki ota-onaning xar ikkisi vafot etgan koʻp bolali oilalar soliq solishda boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar xisoblanadi.

Manashunday oilalar Soliq kodeksining 436-moddasiga asosan yer soligʻi toʻlashi shart boʻlmagan oilalar toifasiga kiradi.

 Bu imtiyozdan foydalanish uchun oila aʼzolaridan biri Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga murojaat qilib ular tomonidan boquvchisini yoʻqotganlik boʻyicha beriladigan tegishli maʼlumotnomasini talab qilib olishi kerak boʻladi va olingan maʼlumotnoma asosida ular yuqoridagi imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Bandixon davlat xizmatlari markazi yetakchi mutaxassisi

Esanov Baxodir